Qaysi hududda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni ko‘p ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1 iyun holatiga respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 9 819 tani tashkil etgan.
2023-yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxona yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
- Toshkent shahri – 475 ta
- Farg‘ona viloyati – 163 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 92 ta
- Toshkent viloyati – 89 ta
- Samarqand viloyati– 83 ta
- Xorazm viloyati – 72 ta