Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Diogu Jota va uning oila a’zolarining vafoti yuzasidan o‘z hamdardligini bildirdi.
“Ishonish qiyin bo‘lgan holat. Yaqinda biz birgalikda terma jamoada o‘ynadik, endigina oila qurding… Marhumlarning oila a’zolariga, turmush o‘rtoqlariga, farzandlarga o‘z hamdardligimni bildiraman va katta sabr tilayman. Ular doim siz bilan bo‘lishadi. Diogu va Andre, biz sizlarni sog‘inamiz”, — dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Diogu Jota va uning farzandi avtomobil halokati oqibatida vafot etgani haqida avvalroq Portugaliya OAVlari xabar tarqatgan edi. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda