Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining chorak finali doirasida kechgan PSJ – “Bavariya” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi.
Anchayin qizgʻin kechgan bahsda jamoalar teng oʻynadi, biroq uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib Due hisobni ochdi. Oradan koʻp oʻtmay parijliklar markaziy himoyachisi Pacho Goretskaga ishlatgan qoʻpolligi uchun maydondan chetlatildi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda Teo Ernandes ham qoʻpolligi uchun qizil kartochka oldi va jamoasini qiyin vaziyatga solib qoʻydi. Qoʻshib berilgan soʻngi daqiqada esa qarshi hujumda Dembele hisobdagi farqni ikkita yetkazib qoʻydi va yarim final masalasini hal qilib qoʻydi.
Shunday qilib, parijliklar endi yarim finalda “Real Madrid” – “Borussiya Dortmund” gʻolibiga qarshi maydonga tushadi.