Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1958 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni ma’lum qiladi.
Qo‘shtirnoq ichida xolis yordam bermoqchi bo‘lgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15 ming AQSh dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3 ming 500 AQSh dollari berishini aytib, jami 18 ming 500 AQSh dollari talab qiladi.
Ammo, u oldindan 9 ming 500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.