"Liverpul" klubi fojiali tarzda vafot etgan portugaliyalik hujumchi Diogu Jota bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha barcha moliyaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishga qaror qildi.
Klub futbolchining oilasiga 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga muvofiq barcha to‘lovlarni amalga oshiradi. 2024–2025-yilgi mavsumda Jotaning haftalik maoshi 140 ming funt sterlingni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Diogu Jota 2020-yil sentabr oyida "Liverpul" safiga qo‘shilgan edi. U klub tarkibida jami 182ta o‘yinda maydonga tushib, 65ta gol urgan va 26ta golli uzatma muallifiga aylangan.