Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida nimchorak final uchrashuvlari yakunlandi.
1/8 finalning markaziy bahsida “Real Madrid” Gonsalu Guedeshning kiritgan yagona goli evaziga “Yuventus”ni magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi.
Nimchorak finalning soʻngi bosqichida Dortmundning “Borussiya” klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida raqiblaridan ustun kelib keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Shunday qilib, 1/4 finalning barcha juftliklari maʼlum boʻldi:
“Palmeyras” – “Chelsi”
“Fluminense” – “Al-Hilol”
PSJ – “Bavariya”
“Real Madrid” – “Borussiya Dortmund”.
Maʼlumot uchun, chorak final uchrashuvlari 4-5-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.