Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining chorak final uchrashuvlari boshlandi. 

Dastlab, Braziliyaning “Fluminense” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida raqiblaridan ustun keldi.

Ikkinchi bahsda Braziliyaning yana bir jamoasi “Palmeyras” Londonning “Chelsi” klubiga imkoniyatni boy berib qoʻydi, 1:2. 

Shunday qilib, ikkala bahsda zafar quchgan “Fluminense” va “Chelsi” yarim finalda oʻzaro bahslashadi.