Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (KJCH) 1/8 final bosqichi ortda qoldi. Ushbu bosqich yakunida turnirda ishtirok etgan klublarning umumiy daromadlari e’lon qilindi.
Eng ko‘p daromad ko‘rgan klub — Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasi bo‘lib, ular 61,5 million dollar ishlab topdi. Undan keyingi o‘rinlarda Germaniyaning "Bavariya" (58,2 mln dollar) va Fransiyaning "PSJ" (55,9 mln dollar) klublari qayd etilgan.
Janubiy Amerika vakillari orasida "Fluminense" va "Palmeyras" (har biri 39,8 million dollardan) eng ko‘p daromad olgan jamoalar bo‘ldi. Yevropa grandlari ichida esa "Manchester Siti" (51,7 mln), "Inter" (36,8 mln), "Benfika" (29,9 mln), "Yuventus" (26,6 mln) kabi jamoalar musobaqani tark etdi.
Quyida barcha jamoalarning 1/8 finalgacha bo‘lgan daromadlari bilan tanishing:
"Real Madrid" (Ispaniya) – 61,5 mln
"Bavariya" (Germaniya) – 58,2 mln
"PSJ" (Fransiya) – 55,9 mln
"Chelsi" (Angliya) – 53,6 mln
"Borussia Dortmund" (Germaniya) – 52,3 mln
"Manchester Siti" (Angliya) – 51,7 mln
"Fluminense" (Braziliya) – 39,8 mln
"Palmeyras" (Braziliya) – 39,8 mln
"Inter" (Italiya) – 36,8 mln
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) – 34,2 mln
"Benfika" (Portugaliya) – 29,9 mln
"Flamengo" (Braziliya) – 27,7 mln
"Botafogo" (Braziliya) – 26,7 mln
"Yuventus" (Italiya) – 26,6 mln
"Portu" (Portugaliya) – 24,0 mln
"Atletiko Madrid" (Ispaniya) – 23,7 mln
"Inter Mayami" (AQSH) – 21,1 mln
"Monterrey" (Meksika) – 21,1 mln
"River Pleyt" (Argentina) – 18,2 mln
"Boka Xuniors" (Argentina) – 17,2 mln
"Zalsburg" (Avstriya) – 15,8 mln
"Sandovns" (Janubiy Afrika) – 12,6 mln
"Al Ahli" (Misr) – 11,6 mln
"Al Ayn" (BAA) – 11,6 mln
"Esperans de Tunis" (Tunis) – 11,6 mln
"Los Anjeles" (AQSH) – 10,6 mln
"Pachuka" (Meksika) – 9,6 mln
"Sietl Saunders" (AQSH) – 9,6 mln
"Ulsan" (Janubiy Koreya) – 9,6 mln
"Urava Red" (Yaponiya) – 9,6 mln
"Vidad" (Marokash) – 9,6 mln
"Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) – 4,6 mln
Eslatib o‘tamiz, KJCh hozirgacha moliyaviy jihatdan eng daromadli futbol musobaqalaridan biri sanaladi. Yangi format tufayli ishtirokchilarning daromadlari sezilarli darajada oshgan.