O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Mahalliy manbalarning xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi “Istanbul Bashakshexir” klubi bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichiga kelib qolgan. Turkiyalik insayder Salim Manavaning ta’kidlashicha, turk klubi ham futbolchining o‘zi, ham “Roma” bilan kelishuvga erishgan.
Avvalroq, italiyaliklar Shomurodov uchun 8 million yevroga yaqin miqdorda mablag‘ talab qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum turli musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta assistni amalga oshirdi.