5-8 iyul kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida asosan quruq, biroz bulutli va shamolli ob-havo hukm suradi. Ayrim viloyatlarda kuchli shamol va chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat +32…+46 daraja atrofida boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo barqaror, shamol 7-12 m/s tezlikda, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +32…+37 daraja atrofida boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 5-6 iyul kunlari shamol ayrim joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 5 iyul kuni havo +38…+43 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda biroz pasayib, +34…+39 daraja atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham shamol 5-6 iyul kunlari ayrim joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi va chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat 5 iyul kuni +38…+43 darajagacha, keyingi kunlarda +34…+39 daraja oraligʻida boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol 13-18 m/s gacha yetishi mumkin, chang-toʻzonlar kuzatiladi. 5 iyul kuni harorat +41…+46 daraja boʻlib, keyingi kunlarda biroz pasayadi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 5-6 iyul kunlari +37…+42 daraja, 7-8 iyul kunlari esa +33…+40 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Shamol asosan sharqdan, baʼzi joylarda kuchayishi va chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Respublika togʻli hududlarida havo biroz bulutli, shamol 7-12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+35 daraja oraligʻida boʻladi.