Ispaniya La Ligasi doirasidagi “El-Klassiko” — ya’ni “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi klassik to‘qnashuvlar quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
26-oktabr, 10-tur:
“Real Madrid” – “Barselona”
O‘yin Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
10-may, 35-tur:
“Barselona” – “Real Madrid”
Bu bahs “Kamp Nou”da o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsumdagi ushbu qarama qarshilikning ikkalasida ham “Barselona” gʻalaba qozongan edi. Flik shogirdlari Madridda 4:0, Kataloniyada esa 4:3 hisobida madridliklarni taslim etgan edi.