Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.
O‘zbekiston 5 oyda 10 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.
Eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
- — Xitoy – 3 480 ta
- — Gonkong – 256 ta
- — Germaniya – 42 ta
- — BAA – 16 ta
- — Koreya – 11 ta
- — AQSH – 6 ta
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.