Guliston tumani IIB profilaktika inspektori Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro Sh.M. unga nisbatan fuqaro D.A. ning qonuniy chora koʻrishni soʻrab yozgan arizasi boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish jarayonida ushbu holatni yaqin qarindoshlariga oshkor qilmasligi, ish yuzasidan toʻplangan hujjatlarni sudga chiqarmasdan, jinoyat qishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilib berishi evaziga 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilayotgan fuqaro Sh.M. ga nisbatan qonuniy chora koʻrishini soʻragan.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Guliston tumani Mevazor mahallasi idorasida joylashgan 122-sonli tayanch punktida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sh.M. profilaktika inspektoriga pora tariqasida berilishi lozim boʻlgan 500 AQSH dollaridan 300 AQSH dollarini kechki vaqt ishdan keyin berishini aytib 200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan bilan ushlangan.
“Hozirda holat yuzasidan fuqaro Sh.M.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyilgan xabarda.