O’zbekiston O‘zbekistonda 2023 yilda elektromobillar importi qariyb to‘rt barobarga oshdi

O‘zbekistonda 2023 yilda elektromobillar importi qariyb to‘rt barobarga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

O‘zbekiston 5 oyda 10 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.

Eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

  • — Xitoy – 3 480 ta
  • — Gonkong – 256 ta
  • — Germaniya – 42 ta
  • — BAA – 16 ta
  • — Koreya – 11 ta
  • — AQSH – 6 ta

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.