O’zbekiston O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollardan oshdi

5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSH dollariga yetgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd AQSH dollariga yoki 25,4 % ga oshgan.

5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSH dollari va import 15,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.