O’zbekiston 2024-yil 1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga...

2024-yil 1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkazildi

➖ Yoshga oid nafaqa;
➖ Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
➖ Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakiliga nafaqa;
➖ Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
➖ 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
➖ Kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
➖ Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
➖ Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
➖ Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”) .
Bunda ijtimoiy toʻlovlar uchun ariza berish, ularni koʻrib chiqish, tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Mazkur ijtimoiy toʻlovlar bilan bogʻliq barcha murojaatlarni tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi.