O’zbekiston Abdulla Aripov Qirgʻizistonga bordi

Abdulla Aripov Qirgʻizistonga bordi

Joriy yilning 25-26-oktyabr kunlari Bishkek shahrida (Qirgʻiz Respublikasi) Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishlari boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi mazkur yigʻilishlarda ishtirok etadi.

Bishkek shahridagi tadbirlar doirasida ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.