O’zbekiston O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish Ukrainada ham davom etmoqda

O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish Ukrainada ham davom etmoqda

Bugun ertalab soat 08:00 da mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi huzuridagi 46-saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur siyosiy jarayon O‘zbekiston Davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Unda Ukraina poytaxtida yashayotgan vatandoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzilgan.

“Dunyo” AA tomonidan xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xaritasi ishlab chiqildi. Ovoz berish uchun eng yaqin saylov uchastkasi haqidagi maʼlumotni yuqorida ko‘rsatilgan havoladan olishingiz mumkin.