O‘zbekistondagi maktab oshxonalarida tayyorlash va sotish taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ular qatorida:
🌭 gamburger, chizburger va xot-doglar;
🍟 “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar;
🥤 rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar, kofe, energetiklar;
🍳 okroshka va sovuq shoʻrvalar, qovurilgan tuxum, goʻsht va tvorogli quymoqlar;
🧁 hid beruvchi moddalar, boʻyoqlar, aromatizatorlar qoʻshilgan qandolat mahsulotlari, tort va pishiriqlar bor.