O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart Toqayevga va qardosh Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi. Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.