Sport va turizm DXX kubogi – 2023. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

DXX kubogi – 2023. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

Butun respublika boʻylab 250 mingdan ortiq oʻgʻil-qizlarni birlashtirgan, “Sogʻlom yoshlar – Yangi Oʻzbekiston kelajagi” shiori ostida oʻtkazilgan futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yakunlandi.

Unda oʻgʻil bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha:
1-oʻrin. “Qamashi” /Qashqadaryo viloyati/
2-oʻrin. “Yangi hayot” /Toshkent viloyati/
3-oʻrin. “Baxrin” /Fargʻona viloyati/

Qiz bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha:
1-oʻrin. “Nafis” /Samarqand viloyati/
2-oʻrin. “Toʻmaris” /Xorazm viloyati/
3-oʻrin. “Gurkirov lochinlari” /Andijon viloyati/

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol boʻyicha:
1-oʻrin. “Turon” /Jizzax viloyati/
2-oʻrin. “Navbahor” /Toshkent viloyati/
3-oʻrin. “Yangi hayot” /Qashqadaryo viloyati/

Musobaqalar yakuniga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha:
“Eng yaxshi oʻyinchi” – Turniyozov Maʼruf /Qashqadaryo viloyati/
“Eng yaxshi toʻpurar” – Alisherov Akbar /Toshkent viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Ishonqulov Shuhrat /Fargʻona viloyati/

Qiz bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha:
“Eng yaxshi oʻyinchi” – Nishonova Nafisa /Samarqand viloyati/
“Eng yaxshi toʻpurar” – Maʼmurjonova Zuhraxon /Andijon viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Oʻktamova Ruxshona /Buxoro viloyati/

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol boʻyicha:
“Eng yaxshi oʻyinchi” – Fayzullayev Saidazim /Jizzax viloyati/
“Eng yaxshi toʻpurar” – Yakubov Shuhrat /Xorazm viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Xoʻjamov Shaxboz /Qashqadaryo viloyati/

Respublika bosqichida oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol va mini-futbol boʻyicha gʻolib boʻlgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-oʻrinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol oʻyinlari uchun moʻljallangan), 3-oʻrinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli koʻcha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha gʻolib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, velosiped va televizor topshirildi.