Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi. Bunda:
— barcha viloyatlarda Haj markazlari tashkil etiladi;
— 2030 yilga qadar haj ziyoratiga boradigan fuqarolar soni bosqichma-bosqich yiliga 24 ming nafarga yetkaziladi”, – dedi nomzod.