Sport va turizm O‘zbekiston kamonchilari Parijda o‘tkazilayotgan Jahon kubogida ishtirok etadi

O‘zbekiston kamonchilari Parijda o‘tkazilayotgan Jahon kubogida ishtirok etadi

Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi boshlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu xalqaro mubaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari kecha Fransiyaga yo‘l olishdi.

15-20 avgust kunlari Parij shahrida tashkil etiladigan bellashuvlarda vatanimiz sharafini Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov himoya qiladi. Yurtdoshlarimiz Jahon kubogi davomida yakkalik va mikst dasturlarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Qayd etish joiz, mazkur musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun sinov turniri vazifasini o‘tab beradi. Bellashuvlar XVII asrga oid «Nogironlar uyi» saroyida tashkil etiladi. Aynan ushbu manzil kelasi yil Olimpiya o‘yinlarining kamondan otish bahslariga mezbonlik qiladi.