O’zbekiston O‘zbekistonda davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro va mahalliy maslahatchilar jalb etiladi

O‘zbekistonda davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro va mahalliy maslahatchilar jalb etiladi

Vazirlar Mahkamasining «Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibini belgilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Norma” portali maʼlumotiga ko‘ra, hujjatga muvofiq davlat aktivlarini sotish uchun davlat komissiyasini qaroriga asosan xalqaro hamda mahalliy maslahatchilar va tashkilotlar jalb etiladi.

Eng yaxshi takliflar xarid komissiyasi tomonidan xarid tartib-taomillariga asosan tanlab olinadi.

Tanlov hujjatlari (shartnoma loyihasi, texnik topshiriq va boshqalar) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqiladi, xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertizasi markazi” DUKga yuboriladi.

Ekspertizadan so‘ng tanlov haqida maʼlumot Davaktiv agentligining saytida tanlov o‘tkazish kunidan kamida 15 kun oldin eʼlon qilinadi. Tegishli takliflar Davaktiv agentligining sayti orqali qabul qilinadi.

Shuningdek, xalqaro hamda mahalliy maslahatchilar va tashkilotlar quyidagi mezonlardan kelib chiqib tanlab olinadi:

-malakaviy talablar:

-nomzodning davlat aktivlarini sotish muddatlariga mos kelishi;

nomzodning ish tajribasi, ushbu sohada imzolangan bitimlari haqida maʼlumot;

-nomzod tomonidan jalb qilinayotgan jamoa/mutaxassislar (malakasi ) to‘g‘risida maʼlumot;

-nomzodning davlat aktivlarini sotish bo‘yicha ish rejasi;

-narx mezoni:

-nomzod taklifining narx qiymati (operatsion xarajatlar va QQSni hisobga olgan holda).

Hujjat 11-avgust 2023-yildan kuchga kirdi.