Sport va turizm “CAFA Nation’s Cup 2023”. O‘zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

“CAFA Nation’s Cup 2023”. O‘zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

A guruhida O‘zbekiston Tojikistonni tor-mor etib, guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlandi. Ummon Turkmanistondan ustun kelib, 2-o‘rinni egalladi.

20 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tadigan finalda O‘zbekiston V guruhi g‘olibi Eron bilan o‘ynaydi. “Paxtakor” stadionida esa Ummon V guruhida ikkinchi bo‘lgan Qirg‘iziston bilan 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

CAFA Nation’s Cup-2023 | 3-tur

O’zbekiston 5:1 Tojikiston

Gollar: Yaxshiboyev 53′, Shomurodov 56′ (P), Fayzullayev 72′, Erkinov 83′, O’runov 90+6′ (P) – Umarbayev 13′