Sport va turizm Roberto Firmino “Al-Ahli” futbolchisi sifatida tanishtirildi (foto)

Roberto Firmino “Al-Ahli” futbolchisi sifatida tanishtirildi (foto)

“Liverpul”ning braziliyalik sobiq futbolchisi Roberto Firmino Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi futbolchisi sifatida tanishtirildi.

31 yoshli hujumchi “Al-Ahli” klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2026-yilga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Firmino 2022/2023 yilgi mavsumda APL doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 4 ta assist qayd etgan.