O’zbekiston Tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi

Tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra:

  1. Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushi 85 foizga yetkazilib, davlat ulushi mavjud 2,3 mingta korxonalar soni 6 barobarga kamaytiriladi
  2. 17 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinib, xususiy sektor keng jalb qilinadi, davlat tasarrufida faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog‘liq sohalar saqlab qolinadi
  3. Temir yo‘lda tashish, avtomobil yo‘llarini qurish va boshqarish, gaz va elektr yetkazib berish xizmatlari xususiy sektorga o‘tkaziladi.
  4. Irrigatsiya, chiqindilarni qayta ishlash, ijtimoiy obyektlarda energetika va issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish kabi davlat monopol sohalarida xususiy sheriklik mexanizmlari keng joriy etiladi
  5. Biznesga noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi va xususiy mulk daxlsizligi siyosati qat’iy ta’minlanadi
  6. Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga strategik foydali qazilma konlarini berish amaliyoti kengaytiriladi, oltin, kumush, volfram, ko‘mir hamda noruda konlarga berilgan ruxsatnomalar soni 4 barobar oshiriladi
  7. Soliq tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmaydi
  8. Soliq tizimini to‘liq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, rasmiy sektor – nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlar ta’minlanadi
  9. Kichik va o‘rta biznesni xalqaro bozorlarga chiqishiga imkoniyatlar kengaytiriladi, mikro moliyalashtirish rivojlantiriladi, innovatsiyalar va startaplar qo‘llab-quvvatlanadi hamda yirik biznes bilan kooperatsiyani rivojlantirishning yangi instrumentlari amaliyotga joriy etiladi
  10. Oilaviy tadbirkorlik asosida bandlikni ta’minlashda oddiy “qo‘l mehnati”dan – sanoatlashgan ishlab chiqarish bosqichiga o‘tiladi, uskuna sotib olish uchun imtiyozli kredit miqdori 100 million so‘mgacha oshiriladi

Tadbirkorlik subyektlariga barcha xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida onlayn portal orqali ko‘rsatiladi