O’zbekiston Baxtiyor SAidov Londonda yetakchi moliya-sanoat guruhi rahbari bilan uchrashdi

Baxtiyor SAidov Londonda yetakchi moliya-sanoat guruhi rahbari bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Londonda “Hinduja group” kompaniyasi raisi Gopichand Hinduja bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o’zining telegram-kanalida xabar berdi.

“Hinduja group” raisi Gopichand Hinduja janoblari bilan samarali uchrashuv o’tkazdik. Biz O‘zbekistonda ham mahalliy, ham xorijiy tadbirkorlar uchun muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun yaratilgan ko‘plab imkoniyatlarni muhokama qildik. “Hinduja Group” ni O‘zbekistonga tashrif buyurish va bozorni yaqindan o‘rganishni taklif etdik”, – deb yozdi Saidov.