Jurnalistik surishtiruv Sud tibbiy ekspertizasi – korrupsiyaning botqog’imi?

Sud tibbiy ekspertizasi – korrupsiyaning botqog’imi?

Taftish.uz axborot agenligiga navbatdagi murojaat, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Jalilov Shukurillajon Xudoyberdiyevichdan kelib tushgan boʻlib, murojaatchi oʻzining murojaatida, tegishli jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi deb eʼtirof etilgan oʻgʻli Xudoyberdiyev Diyorbek Shukurillayevichning ishi boʻyicha, jinoyat sodir etib, jazodan qutilib qolishga harakat qilayotgan shaxslarni manfaatini koʻzlab oʻtkazilgan va mantiqga toʻgʻri kelmaydigan Sud-tibbiy ekspertiza xulosalaridan norozi boʻlib, quyidagilarni bayon etib oʻtgan.

Taftish uz axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrsida”gi va “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonun talablariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali ekspertlarining 2023-yil 24-oktyabr kunidagi 156-sonli xulosasi va murojaatchi tomonidan yuqorida sanab oʻtilgan xulosa va holatlar yuzasidan, belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazilishini va oʻz xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagan masʼul shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishini soʻraydi.