O’zbekiston Xitoylik xalqaro kuzatuvchining Senatga tashrifi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xitoylik xalqaro kuzatuvchining Senatga tashrifi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 10-iyul kuni Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Xitoyning Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Sun Si bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat aloqalari, xususan, parlamentlararo hamkorlik, taʼlim, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga kuni kecha respublikamizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi xususida so‘z bordi.

O‘z navbatida, Sun Si saylov demokratik tamoyillar, xalqaro huquqiy-normativ talablar doirasida ochiq va shaffof o‘tganini taʼkidladi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchiga so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar xususidan maʼlumot berildi.

Tomonlar muloqot chog‘ida yana bir qator muhim masalalar yuzasidan muhokamalar olib bordilar.