Kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiylar maoshi 2030 yilga qadar yana 2 karra oshiriladi — Shavkat Mirziyoyev
“Harbiylar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini yanada kuchaytiramiz.
Buning uchun:
– kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiylar maoshi 2030 yilga qadar yana 2 karra oshiriladi;
– yil yakunigacha harbiylarimiz uchun 2 mingdan ortiq, kelgusi yetti yilda esa, yana 20 mingta uy-joy qurib beriladi;
– 15 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun uy-joyga dastlabki badalning 50 foizini davlat ajratadi;
– boquvchisini yo‘qotgan, nogiron bo‘lib qolgan harbiylarning kredit qarzdorligi esa budjetdan qoplanadi;
– pensiyadagi harbiylarning farzandlariga alohida kvota doirasida oliygohga kirish uchun imtiyozlar beriladi;
– og‘ir kasallikka chalingan harbiylarning chet elda davolanishiga alohida mablag‘lar ajratiladi”, – dedi nomzod.