O’zbekiston Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumiga bugundan start berildi

Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumiga bugundan start berildi

Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumiga bugundan start berildi.

Bunga ko‘ra:

1-bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 – 06.08.2023 davomida;

2-bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 – 26.08.2023 davomida;

3- bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 – 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan ilovadagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.