Operatsiya Hindistonda oʻtkazilgan. Ayol revmatoid artrit kasalligidan aziyat chekkan. Shifokorlar uning 8 ta barmogʻini endoprotezlashga qaror qilishgan, deb xabar bermoqda “The Times of India”.
“Zamonaviy 3D-printerdan foydalanib, uning shikastlangan boʻgʻimlariga mukammal mos tushadigan titan metall implantlarini yaratishga muvaffaq boʻldik”, deydi uning doktori Niraj Godara.
Bemor bir qancha vaqtdan soʻng qoʻl va barmoqlarini mustaqil harakatlantirgan.