Jahon Pokistondagi temir yo‘l halokati qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, 80 ga...

Pokistondagi temir yo‘l halokati qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, 80 ga yaqin kishi jarohat oldi

Kecha Pokiston janubi-sharqida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, yana kamida 80 kishi jarohat olgan.

Pokistonning Sind provinsiyasi, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat eʼlon qilingan. Ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati to‘xtatildi.

Poyezd halokati sabablari hozircha nomaʼlum.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor, deyila “Anadolu” xabarida.

O‘zbekiston elchixonasidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Pokistondagi temir yo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo‘q. Vaziyat diplomatlarimiz nazorati ostida.