Prokuratura AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlagan X.J. fuqaro Sh.O.ni 15 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.