O’zbekiston O‘zbekiston 15 ta davlatga gilos eksport qilgan

O‘zbekiston 15 ta davlatga gilos eksport qilgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida 15 ta davlatga qiymati 38,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna gilos eksport qilgan.

Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,4 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:

  • — Rossiya – 19,8 ming tonna
  • — Qozog‘iston – 6,4 ming tonna
  • — Qirg‘iz R. – 6,1 ming tonna
  • — Belarus – 333 tonna
  • — BAA – 36 tonna
  • — Xitoy – 29 tonna
  • — Malayziya – 17 tonna
  • — Saudiya Arabistoni – 10,5 tonna