Sport va turizm Lionel Messi “Inter Mayami”ni qutqarib chorak finalga yo‘l oldi

Lionel Messi “Inter Mayami”ni qutqarib chorak finalga yo‘l oldi

“Inter Mayami” Ligalar kubogi musobaqasining 1/8 finali doirasida safarda “Dallas” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 4:4 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “Inter Mayami” 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Ligalar kubogi

1/8 final

«Dallas» – «Inter Mayami» – 4:4 (pen. 3:5)

Gollar: 0:1 – Messi (Alba, 6), 1:1 – Kinon (37), 2:1 – Kamungo (45), 3:1 – Velasko (63), 3:2 – Kremaski (Alba, 65), 4:2 – Teylor (68, avtogol), 4:3 – Farfan (80, avtogol), 4:4 – Messi (85).