Surxondaryo viloyati Denov tumanida 2023-yil 10-may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimidan tushgan hujjatlarga koʻra, Termiz shahrida yashovchi, J.Xolboʻtaning (ism-shariflar oʻzgartirilgan) arizasiga asosan 2-may kuni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Ibn Sino” mahallasi hududida joylashgan toʻyxona yonida, hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi, O.Botir boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli, avtoulovi xolislar ishtirokida tekshirilganda avtoulovdan sof vazni 13.40 gr “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, 10 may kuni O. Botirga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.