Sport va turizm O‘zbekiston atletlari yettita medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston atletlari yettita medalni qo‘lga kiritishdi

Belarusda ikkinchi MDH oʻyinlarining yana bir kuni ortda qoldi. Kecha Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻq otish sporti, yengil atletika, ogʻir atletika, dzyudo turlarida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga egalik qilishdi. Kun qahramonlari bilan tanishing:

Oltin medal:
Parizod Abdullayeva (yengil atletika, yadro uloqtirish)

Kumush medal:
Anastasiya Silchenkova (yengil atletika, 2000 metr)
Shodiyona Rahmonova (yengil atletika, 300 metr, toʻsiqlar osha)

Bronza medal:
Despina Bandaletova (yengil atletika, 2000 metr)
Nursultan Esberganov (ogʻir atletika, -81 kg)
Pnevmatik toʻpponchadan 10 metrdan oʻq otish, jamoaviy (Islombek Obidjonov, Sodiqjon Abdullayev, Umidbek Kamolbekov)
Dzyudo boʻyicha jamoaviy dastur