Prokuratura Toshkentda fuqarolarga uy olib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Toshkentda fuqarolarga uy olib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.B.” MCHJ rahbari M.N. va boshqalar 14 nafar fuqaroga Toshkent shahri va viloyatidan kreditga uy olib berishni va’da qilib, soxta shartnomalar tuzish orqali ularning 1,9 mlrd so‘m va 18 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.