Prokuratura Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 4 700 AQSH dollarini fuqaro O.S.ga 54,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Gurlan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan G‘.A. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro U.A.dan 46,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.S. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro R.M.ga 40,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va A.D. jami 3 300 AQSH dollarini fuqaro S.A.dan 38,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 250 AQSH dollari, 81 500 qozoq tengesi va 50,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.