O’zbekiston Toshkentda O‘zbekiston-Turkmaniston konsullik maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston-Turkmaniston konsullik maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

Kecha Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari va huquq-tartibot idoralarining vakillari ishtirok etdilar.

Konsullik yo‘nalishidagi, jumladan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Konsullik huquqi va huquqni muhofaza qilish sohalarida tajriba almashish, bu borada qo‘shma loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tartibga soladigan Protokol imzolandi.