Sport va turizm Lionel Messi Pekin aeroportida hibsga olindi

Lionel Messi Pekin aeroportida hibsga olindi

Argentina terma jamoasi Avstraliya terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazish uchun Xitoyning Pekin shahariga yetib bordi. Terma jamoa hujumchisi Leo Messi esa pasportidagi muammolar tufayli aeroportda qolib ketgan.

Xabar qilinishicha, Messi Pekinga Ispaniya pasporti bilan borgan. Bu davlat fuqarolari esa Xitoyga kirish uchun viza olishi kerak.

Argentina pasportini o‘zi bilan olmagan Messi vaziyatni politsiya vakillariga tushuntirishga erishgan va unga tezlashtirilgan tartibda viza berib, qo‘yib yuborishgan.