Sport va turizm Filippe Koutinyo faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Filippe Koutinyo faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

“Barselona” va “Liverpul” klubi sobiq futbolchisi ayni damda “Aston Villa”da o‘ynayotgan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinyo faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Qatar chempionatida o‘ynash imkoniyatiga ega. Nomi oshkor etilmagan klub futbolchi uchun “Aston Villa”ga taklif bilan chiqdi. Tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Filippning inglizlar klubi bilan 2026-yilning o‘rtalariga qadar shartnomasi bor. U o‘tgan mavsumda APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.