O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali sobiq direktori, taniqli jurnalist Xayrulla Nuriddinov MTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar “O‘zbekiston 24” teleradiokanali» davlat muassasasi direktori edi.
Xayrulla Nuriddinov 1974 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996- yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.
1999-yilda “Jasorat” medali, 2005-yilda esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
2006—2017-yillar davomida O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan.