O’zbekiston Fitch ratings” “O‘zagrosug‘urta” AJ xalqaro reytingini “BB-” (“Barqaror” prognozi) darajasida tasdiqlandi

Fitch ratings” “O‘zagrosug‘urta” AJ xalqaro reytingini “BB-” (“Barqaror” prognozi) darajasida tasdiqlandi

Fitch ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zagrosug‘urta” AJ va uning ta’sisligidagi “Agros hayot sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingini “BB- ” (“Barqaror” prognozi) darajasida tasdiqladi.

Ushbu reyting ko‘rsatkichi kompaniya zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarilishi kafolatini, yuqori salohiyatli investorlar uchun ishonchlilik darajasini belgilaydi. Bu esa xorijiy investorlar va mahalliy aholining “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlariga ishonchini yanada mustahkamlashning muhim indikatori hisoblanadi.