Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i H.N. “D.M.” MCHJ loyihachisi Sh.S.ga tanishlari yordamida “Paxtazor-1” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uy-joy binosi loyihasini tasdiqlatib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.