O’zbekiston “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga yangi boshqaruv raisi va birinchi o‘rinbosari tayinlandi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJga yangi boshqaruv raisi va birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Jurayev Bahodir Ibragimovich — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

B.Jurayev bunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosariga esa Isaqulov Sardor Dadajonovich tayinlandi.

Sardor Isaqulov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Markaziy dispetcherlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.