O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun sharafdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Ozarbayjon rahbariga yo’llagan samimiy salomlarini yetkazdik. O’zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi ijobiy sur’atini yuqori baholadik”, – deb yozdi Saidov.