O’zbekiston Jizzaxda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Jizzaxda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Jizzaxda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

“Jizzaxda avtomobilsozlik klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami 700 million dollarlik investitsiya kiritiladi.

Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan:

— 80 million dollar investitsiya hisobiga yiliga yana 50 mingta avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;
— 130 million dollar investitsiya hisobiga elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusi yillarda quvvati 300 ming donaga yetkaziladi.

Shuningdek, Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda, 235 million dollarlik loyiha doirasida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 200 ming donaga yetkaziladi”, – dedi nomzod.